Kim Chen In Janubiy Koreya bilan aloqani to‘xtatdi

Kim Chen In Janubiy Koreya bilan aloqani to‘xtatdi

Seulning qayta tiklangan aloqa liniyasi orqali Pxenyanga qilgan qo‘ng‘irog‘i javobsiz qoldi. Bu haqda "Renxap" axborot agentligi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, tomonlar suhbat vaqtini kelishib olishgan, biroq Shimoliy Koreyada hech kim telefonga javob bermagan.

KXDRning xatti-harakatini 16-26 avgust kunlari Janubiy Koreya AQSh bilan birgalikda harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazishi bilan izohlash mumkin. Avvalroq, manevrlarning istiqboli Shimoliy Koreya prezidenti Kim Chen Inning singlisi Kim YE Chjon tomonidan tanqid qilingandi. Koreya ishchilar partiyasi markaziy qo‘mitasi bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Janubiy Koreya rasmiylarining qarorini "xiyonat" deb atadi.

Kimning so‘zlariga ko‘ra, mashqlar Koreya yarim orolidagi "beqarorlikka qo‘shimcha hissa qo‘shadi".


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!