Kiyevda Ukraina maxsus xizmatlari o‘rtasida otishma bo‘ldi
Ukraina Xavfsizlik xizmati rossiyalik muxolifatchiga qarshi teraktning oldi olinganini ma’lum qildi
Ukraina Bosh prokurori matbuot xizmati teraktning oldini olish bo‘yicha maxsus amaliyot o‘tkazayotgan Ukraina Xavfsizlik xizmati (UXX) xodimlariga qilingan hujum holati yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani haqida xabar berdi. Xabarga ko‘ra, UXX xodimlari Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FXX) tomonidan uyushtirilgan terrorchilik harakati ishi bo‘yicha" tergov harakatlarini olib borayotgan vaqtda ularga qurollangan bir guruh shaxslar hujum qilgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Ukraina Mudofaa kuchlari bo‘linmalaridan biriga mansub bo‘lgan hujumchilar qo‘lga olingan. Xabarda aytilishicha, ular orasida yaradorlar bor.
Avvalroq Ukraina ommaviy axborot vositalarida Kiyevda UXX hamda Bosh razvedka boshqarmasi (GUR) xodimlari o‘rtasida otishma sodir bo‘lgani haqida ma’lumot tarqalgan edi.
Shu kuni UXX, GUR bilan hamkorlikda "Mustaqillik kuni munosabati bilan Ukrainaga tashrif buyurgan rossiyalik muxolifat siyosiy harakati yetakchilaridan biri"ga nisbatan Rossiya FXX tomonidan rejalashtirilgan teraktning oldini olganini ma’lum qildi. Bu shaxsning ismi oshkor etilmagan, biroq bu holat avvalroq "Rossiya ko‘ngillilar korpusi" bo‘linmasi jangovar ishlar bo‘yicha qo‘mondoni o‘rinbosari Stepan Kaplunovning bedarak yo‘qolgani bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Kaplunovning g‘oyib bo‘lgani haqida "Rossiya ko‘ngillilar korpusi" 1-sentyabr kuni xabar bergan edi.
"Har tomonlama va xolis tergovni ta’minlash muhim. Biroq hech kim harbiy xizmatchilarni o‘g‘irlashga, shaharlarimiz ko‘chalarida o‘t ochishga, jinoiy buyruqlar berishga va ularni bajarishga haqli emas", — deya ta’kidladi Ukraina prezidenti ofisi rahbari Kirill Budanov.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
«Vafot etgan» Bibimaryam tirik ekani tasdiqlandi — Face ID ishga tushdi
Бибимарямнинг сўзларига кўра, муаммо 2022 йилда, биринчи фарзандини дунёга келтирганидан кейин юзага келган. Унинг айтишича, туғруқхонада ҳужжат
