Kiyevda deputatning jasadi topildi. Unga o‘q uzilgan

Kiyevda deputatning jasadi topildi. Unga o‘q uzilgan

Ukraina huquq-tartibot idoralari xodimlari Oliy Rada deputati Valeriy Davidenkoning o‘limi sabablarini aniqlashmoqda. Bu haqda parlament deputati Ilya Kiva ma’lum qildi.

"Deputat Davidenkoning jasadi xonasidan topildi. Unga o‘q uzilgan" — deb yozdi siyosatchi feysbukdagi sahifasida.

Ma’lumotlarga ko‘ra, farrosh ayol jasadni ko‘rib qolgan va polisiyaga xabar bergan.

Deputatga o‘q uzilgani aniqlangan, yonidan esa to‘pponcha topilgan. Endi huquq-tartibot idoralari xodimlari fojia sabablarini aniqlamoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!