Keyingi Belarus-O‘zbekiston sog‘liqni saqlash forumi O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadi

Keyingi Belarus-O‘zbekiston sog‘liqni saqlash forumi O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadi

Bu haqda Belarus sog‘liqni saqlash vaziri Dmitriy Pinevich shu kunlarda Minskda bo‘lib o‘tayotgan forum doirasida gapirdi, deya xabar beradi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

«Hamkasblarimiz bizni taklif qilishgan, o‘ylaymanki, kelasi yilning bahorida, O‘zbekistonda ikkinchi forum bo‘lib o‘tadi. Biz ham xuddi shunday vakillik delegasiyasi bo‘lishga harakat qilamiz», - dedi Dmitriy Pinevich.

Shuningdek, u forumda birgalikda ishlab chiqarish, dori vositalari va tibbiyot buyumlarini o‘zaro yetkazib berish masalalari muhokama qilinayotganini ta’kidladi.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, aniq yo‘l xaritasi allaqachon ishlab chiqilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!