Katta yettilik davlatlari Ukraina chegarasi o‘zgarishini tan olmoqchi emas

Katta yettilik davlatlari Ukraina chegarasi o‘zgarishini tan olmoqchi emas

“Katta yettilik” davlatlari Ukraina chegaralari o‘zgarishini tan olmasligini ma’lum qildi.

G7 davlatlari, shuningdek, tashqi ishlar vazirlari Kiyevga qancha zarur bo‘lsa, shuncha payt qurol yetkazib berishini ta’kidlagan. Bu haqda ularning Germaniya shimolidagi Vangels kommunasida bo‘lib o‘tgan uch kunlik uchrashuvi yakunlari bo‘yicha qabul qilingan bayonotida so‘z boradi.

Bayonotda Ukrainadagi urush global iqtisodiyot istiqbollarini yomonlashtirgani ham qayd etilgan. Bundan tashqari, “Katta yettilik” rus energetik resurslaridan qaramlikni kamaytirishini ham ma’lum qilgan. Shu bilan birga, ular Xitoyni Rossiyaga yordam bermaslik va sanksiyalarni chetlab o‘tmaslikka chaqirgan.

Shuningdek, “Katta yettilik” Moskvaga qarshi sanksiyalar siyosatini davom ettirishga tayyorligini ham bildirgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!