Katerina Tixonova Putinning qizimi? (FOTO)

Katerina Tixonova Putinning qizimi? (FOTO)

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning qizi deya taxmin etiluvchi «Innopraktika» fondi rahbari Katerina Tixonova hukumat qoshidagi Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish kengashi tarkibiga kirdi, deb xabar beradi Meduza.

Kengashni tuzish va uning tarkibi to‘g‘risidagi qaror hukumat saytiga joylashtirilgan.

Shuningdek, kengashdan Kseniya Shoygu ham o‘rin olgan. U Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoyguning kenja qizi hisoblanadi. Kseniya kengashga «ZaBeg.RF» yarim marafoni tashkiliy qo‘mitasining rahbari sifatida kirgan.

Kengashdan jami 28 kishi o‘rin olgan. Bosh vazir o‘rinbosari Olga Golodes kengash raisi etib tayinlangan.

Katerina Tixonova akrobatik rok-n-roll bilan shug‘ullanadi. U o‘zining sherigi Ivan Klimov bilan Rossiya, Yevropa va jahon chempionatlarida qatnashgan. 2014 yili juftlik Rossiya chempionatida kumush medalni qo‘lga kiritgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!