Karina va Saif Ali Xon ikkinchi o‘g‘liga qanday ism qo‘ydi?

Karina va Saif Ali Xon ikkinchi o‘g‘liga qanday ism qo‘ydi?

2021 yil fevral oyida ikkinchi marta ona bo‘lish baxtiga muyassar bo‘lgan Karina Kapur homiladorlik vaqtidagi suratlar bilan bo‘lishdi.

Bollivud yulduzlari Karina Kapur va Saif Ali Xon 2021 yil 21 fevral kuni o‘g‘illi bo‘lgan. Birinchi rafiqasi Amrit Singxdan ikki nafar farzandi bor bo‘lgan Saif uchun bu to‘rtinchi, Karina uchun esa ikkinchi farzand. 9 yildan buyon birga yashab kelayotgan juftlik ilk marta 2016 yil 20 dekabrda ota-ona bo‘lgan va to‘ng‘ich farzandiga Temur Ali Xon deb ism qo‘ygan.

Keyinroq omma va paparassi uchun sevimliga aylangan bolaga bag‘ishlab qo‘g‘irchoq ishlab chiqarilgan, hatto. 2021 yilda farzandli bo‘lganidan keyin ko‘pchilik bolaga nima deb ism qo‘yilganiga qiziqqan. Jurnalistlar Karinani intervyulardan birida farzandiga Faiz deb ism qo‘yish istagini bildirganini esga olgan.

Ammo Karinaning otasi Randxir Kapur yangi tug‘ilgan nabirasining ismi Je (Jeh deb yoziladi) ekanini ma’lum qilgan. Karinaning homiladorlik haqida kitob taqdim qilgani esa muxlislari uchun yana bir yangilik bo‘lgan.

Qolaversa, mashhur fotograf Rohan Shresta Karinaning homiladorligidagida olingan surati bilan bo‘lishib, tug‘ruqdan bor-yo‘g‘i bir hafta avval aktrisani suratga olishga muvaffaq bo‘lganini yozgan. Shuningdek, u: «Karina, yaxshilik va sabr uchun senga katta rahmat. Sen juda ham ajoyib modelsan. Birga ishlagan yillarimiz uchun sendan minnatdorman», — deb yozib qoldirgan.

Astrolog Kashish Parashar Je ismi forschada odamlar hayotiga ko‘plab quvonch baxsh etuvchi ma’nosini anglatuvchi ism ekanligini ma’lum qilgan. Lotinchada esa bu ism ko‘k kokildor qush ma’nosini ham anglatadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!