Karantin: fuqarolar elektr va tabiiy gaz uchun to‘lovlarni to‘lashi kerak

Karantin: fuqarolar elektr va tabiiy gaz uchun to‘lovlarni to‘lashi kerak

Bugun AOKA huzuridagi shtabda Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktori o‘rinbosari Shavkat Haydarov ishtirokida brifing o‘tkazildi.

Bayonotdan parcha:

❗️Majburiy ijro byurosi faoliyatida fuqarolarimizning bevosita ishtiroki bilan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan muhim harakatlarni amalga oshirishda xavfsizlik va sanitariya-gigiyeniya talablariga rioya etish choralari ko‘riladi.

❗️Majburiy ijro byurosi xodimlari to‘lov madaniyati va ijro intizomiga rioya etuvchi va asosiysi qarzdor bo‘lmagan fuqarolarni bezovta qilmaydi!

❗️Karantin jarayoni fuqarolarda foydalanilgan elektr va tabiiy gaz uchun to‘lovlarni amalga oshirmasa ham bo‘lar ekan, degan noto‘g‘ri fikrni uyg‘otmasligi lozim!

❗️Iste’molchilarimiz endi o‘z xonadonlaridan chiqmagan holda, kommunal xizmatlar uchun to‘lovlarni elektron tarzda “PayMe”, “Paynet”, “Click”, “UPay” va boshqa mobil to‘lov tizimlari orqali to‘lab borishlari mumkin.

❗️Byuroning rasmiy “mib.uz” sayti orqali iste’molchilarimiz energiya resurslari va qattiy maishiy chiqindilar bo‘yicha mavjud qarzdorliklar to‘g‘risidagi ma’lumotlarga ega bo‘lishlari hamda aniqlangan qarzdorliklarni elektron-onlayn tarzda bartaraf etishlari mumkin.

❗️Byuro organlarida fuqarolarni qabul qilish masofadan turib, onlayn tarzda amalga oshirilishi joriy etildi.

❗️Byuro faoliyatiga oid har qanday masala yuzasidan tunu-kun faoliyat ko‘rsatayotgan “Call center” markazining qisqa “1107” raqamli ishonch telefoni qabul qilinmoqda


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!