Jurnalist Tursunali Akbarov sudda g‘alaba qozondi

Jurnalist Tursunali Akbarov sudda g‘alaba qozondi

Bugun, 21 yanvar kuni fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo sudida Xabar.uz maxsus muxbiri Tursunali Akbarovning Rost bo‘lamiz, qozijon! Do‘st bo‘lamiz, qozijon!.. nomli felyetoniga nisbatan ochilgan fuqarolik ishi bo‘yicha sud majlisi bo‘lib o‘tishi kerak edi.

Biroq sud majlisi ikki daqiqaga yetmay nihoyaladi. Gap shundaki, da’vogar tomon da’vo arizasini ko‘rmay qoldirishni so‘rab, murojaat etdi. Shunga asosan fuqarolik ishini ko‘rmasdan qoldirish haqida sudya ajrim chiqardi. Da’vogarning chekinishi esa o‘z-o‘zidan javobgar jurnalist Tursunali Akbarov sudda g‘alaba qozonganini anglatadi.

Da’vogar tomonning o‘tgan sud majlisida o‘z da’vosini faol qo‘llab-quvvatlab, uni qanoatlantirishni astoydil so‘raganiga qaramay, bu galgi sudda birdaniga ortga chekinishi sababi biroz ajablanarli albatta. Sudda yutib chiqishiga ko‘zi yetmadi, chamasi. Negaki, o‘tgan sud majlisida tomonlar o‘rtasida qizg‘in tortishuv bo‘lib o‘tgan, Xabar.uz axborot-tahliliy portalining suddagi ishonchli vakili va qo‘shimcha javobgar Tursunali Akbarov da’vo mutlaqo asossiz ekanini aytib, gapiga qator dalillar keltirgan edi.

Xullas, sud tugadi. Biroq bir savol ko‘ndalang turibdi: jurnalistning sudga berilishiga sabab bo‘lgan felyeton Rost bo‘lamiz, qozijon! Do‘st bo‘lamiz, qozijon!.. da qalamga olingan voqelik shundoqligicha qolib ketaveradimi?, deya xabar bermoqda Zed News telegram kanali.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!