Joze Mourinyo «Barselona» futbolchisini Turkiyaga olib kelmoqchi

Joze Mourinyo «Barselona» futbolchisini Turkiyaga olib kelmoqchi

«Barselona» vingeri Ansu Fati faoliyatini Turkiyada davom ettirishi mumkin.

21 yoshli futbolchini shaxsan Joze Mourinyo o‘z jamoasida ko‘rishni istamoqda. Shu sababli «Fenerbaxche» ispaniyalik futbolchiga yaqin orada rasmiy taklif jo‘natishni maqsad qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Fati o‘tgan mavsum «Brayton»da ijarada harakat qilgandi. Uning Kataloniya klubi bilan tuzgan shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt nashri futbolchini 20 million yevroga baholamoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!