Jonsonning so‘zlariga ko‘ra, Putin Ukrainaga bostirib kirishi oldidan unga ham raketalar hujumi bilan tahdid qilgan

 Jonsonning so‘zlariga ko‘ra, Putin Ukrainaga bostirib kirishi oldidan unga ham raketalar hujumi bilan tahdid qilgan

Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziri Boris Jonsonning ma’lum qilishicha, Ukrainaga bostirib kirish arafasida Vladimir Putin u bilan telefon orqali muloqot qilgan va raketa hujumi bilan tahdid qilgan.

Jonsonning so‘zlariga ko‘ra, 2022 yil fevral oyida bo‘lib o‘tgan suhbat juda uzoq va g‘ayrioddiy kechgan.

«Bir payt u menga qandaydir tahdid qildi va dedi: "Boris, men sizni xafa qilishni xohlamayman, lekin raketa yoki shunga o‘xshash nimadir bilan buning uchun bir daqiqa kerak bo‘ladi, xolos"», — deya Putinning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Jonson.

Qayd etilishicha, bu tahdid Ukrainadagi urush halokatli bo‘lishi, G‘arb sanksiyalari va Rossiya chegaralari yaqinida NATO kuchlarining ko‘payishiga olib kelishi haqidagi ogohlantirishdan keyin qilingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!