Jo Baydenning Prezidentlik obro‘si tushib bormoqda

Jo Baydenning Prezidentlik obro‘si tushib bormoqda

Ma’lumotlarga ko‘ra, Jo Baydenning amerikaliklar orasida AQSh prezidentligi reytingini tasdiqlash darajasi o‘tgan oydagi 56 foizdan iyul oyida 50 foizga tushdi. 2021 yil 6-21 iyul kunlari 1000 ga yaqin respondent (ijtimoiy so‘rovda qatnashuvchi shaxs) lar o‘rtasida o‘tkazilgan “Gallup” so‘rovi natijalari e’lon qilindi.

“Bu ko‘rsatkich Baydenning davlat rahbari sifatida ishlagan davridagi eng past ko‘rsatkich hisoblanadi”, — deya qayd etdi Ijtimoiy fikr instituti.

Xabarga asosan, respondentlarning 45 foizi prezidentning faoliyatini ma’qullamaydilar, yana 5 foiz respondentlar bu borada o‘z nuqtai nazariga ega emas.

Institutning yozishicha, Baydenning reytingi uning Demokratik partiyadagi tarafdorlari tomonidan qo‘llab-quvvatlanmayotganligi bilan bog‘liq. Hozirda uning faoliyati partiya a’zolarining 90 foizi tomonidan ma’qullanmoqda, yanvar oyida esa 98 foiz qo‘llab-quvvatlangan. Respublikachilar orasida respondentlarning 12 foizi Baydenning faoliyatiga ijobiy munosabatda bo‘lishdi (yanvarda – 11 foiz), biror bir partiyaning tarafdori bo‘lmaganlar orasida – 48 foiz (yanvarda – 61 foiz).


Reytingning pasayishi Qo‘shma Shtatlarda koronavirusga qarshi kurashning sustlashayotgani fonida yuzaga kelmoqda, deya ta’kidlaydi Institut. Emlash sust va COVID-19 bilan kasallanish soni ortib bormoqda.

Bayden davrining ikkinchi choragida (20 apreldan 19 iyulgacha) uning prezidentlik faoliyati o‘rtacha hisobda 53,3 foiz (birinchi chorakda – 56 foiz) tomonidan ma’qullangan. Ushbu natija Donald Trampnikidan ancha yuqori (38,8 foiz), ammo Barak Obamadan (62 foiz) past.

So‘nggi tadqiqotlar natijalarini to‘playdigan “RealClearPolitics” portalining ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda fuqarolarning 52,5 foizi Baydenning faoliyatini ma’qullashmoqda, 43,5 foizi esa unga qarshi.

Iyul oyi boshida “C-SPAN” ekspertlari, shu jumladan, tarixchilar fuqarolar kimni AQShning eng yaxshi prezidenti deb bilishlarini aniqlashga qaratilgan so‘rovnoma natijalarini e’lon qilishdi. Ular har bir prezidentni ishontirish, inqirozga qarshi yetakchilik, iqtisodiy boshqaruv, ishonchlilik, xalqaro munosabatlar va shu kabi 10 ta sifat bo‘yicha baholaganlar. Birinchi o‘rin 897 ochko bilan Avraam Linkolnga nasib etgan. Tramp 312 ochko bilan 41-o‘rinni egallagan, u faqatgina uchta Prezidentni ortda qoldirdi. Bular: Benjamin Franklin, Endryu Jonson va Jeyms Byukenen.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!