Jizzaxlik erkak kanal dambasiga tiqilib qoldi

Jizzaxlik erkak kanal dambasiga tiqilib qoldi

Mirzacho‘l tumanidagi 2-son yong‘in qutqaruv bo‘limi xodimlari Bog‘bon qishlog‘idan o‘tgan kanal dambasi ichiga odam tushib ketganligi to‘g‘risida xabar eshitgach voqea joyiga yetib kelganda vaziyat juda xatarli edi, deya xabar bermoqda O‘zA.

Kanalga turmush o‘rtog‘i bilan gilam yuvish maqsadida borgan ikki nafar farzandning otasi, 38 yoshli G‘ayrat Jumaboyev bexosdan suvga tushib ketib, damba ko‘prigi tagida chiqib ketishning iloji yo‘q holatda tiqilib qolgan.

Qutqaruvchilar zudlik bilan damba ko‘prigidan odam sig‘adigan joy ochib, pastga arqon tushirdi. So‘ng jabrlanuvchi arqon yordamida ehtiyotkorlik bilan chiqarib olinib, shu yerning o‘zida birinchi yordam ko‘rsatilgan.

Tuman tez tibbiy yordam bo‘limiga olib borilgan G‘ayrat Jumaboyev o‘zini yaxshi his qilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!