Jizzaxdagi ko‘p qavatli uy yerto‘lasidagi holat fosh bo‘ldi

Jizzaxdagi ko‘p qavatli uy yerto‘lasidagi holat fosh bo‘ldi

Jizzax shahar, Zilol mahallasidagi ko‘p qavatli uy yerto‘lasida pandemiya bilan bog‘liq karantin talablariga zid tarzda kompyuter o‘yinlari markazi faoliyat ko‘rsatib kelgan. 

Ushbu holat ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan olib borilgan profilaktik tadbirlar natijasida aniqlandi. 

Ma’lum bo‘lishicha, markaz asosan voyaga yetmaganlarga xizmat ko‘rsatgan.

Bu joyning doimiy mijozi bo‘lgan Sharof Rashidov tumanidagi 36- maktabning 9- o‘quvchisi, 2004 yilda tug‘ilgan S.X.ning yonidan 2 ta qutida 120 dona, Sharof Rashidov tumani, Qizlartepa mahallasida yashovchi, 2002 yilda tug‘ilgan N.B.ning yonidan esa 9 qutida 495 dona pirotexnika vositalari topilgan. 

Ularning pirotexnika vositalarini markazga kelgan bolalarga sotish bilan shug‘ullanishi ma’lum bo‘ldi.         
  
Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!