Jizzaxda fojia: uch kishi tiriklay yonib ketdi

Jizzaxda fojia: uch kishi tiriklay yonib ketdi

Jizzax viloyati Forish tumani Uchma mahalla fuqarolar yig‘ini hududidan o‘tgan “Jizzax - Forish - Qizilcha” 4R-36 yo‘lining 85- kilometrida yo‘l transport hodisasi ro‘y berdi. Jumladan, Navoiy viloyati Nurota tumani Sintop qishloq fuqarolar yig‘inida yashovchi J.S. boshqaruvidagi “Cobalt” Forish tumani Qo‘lba qishloq fuqarolar yig‘inida yashovchi Z.D. boshqaruvidagi “GAZ-31” bilan to‘qnashgan.

Ko‘ngilsiz hodisa oqibatida “Cobalt”da yong‘in kelib chiqdi va ushbu avtomashina haydovchisi J.S. hamda uning manzildoshi, yo‘lovchi X.G. kuyish jarohatidan vafot etgan. Xuddi shunday, “GAZ-31” haydovchisi B.T. tuman tibbiyot birlashmasida ko‘rsatilgan yordamga qaramasdan hayotdan ko‘z yumgan. Mazkur avtomashinada bo‘lgan haydovchining hamqishlog‘i yo‘lovchi I.E. esa bosh miya yopiq jarohati, bosh miya chayqalishi, chap boldir suyagining yopiq sinishi tashxisi bilan shifoxonaning travmatologiya bo‘limiga yotqizildi.

Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!