Jizzaxda yetti oyda 1,8 ming korxona tashkil etildi

Jizzaxda yetti oyda 1,8 ming korxona tashkil etildi

Jizzax viloyatida 2018 yilning 8 oyida salkam 2 ming yangi korxona va tashkilotlar tashkil etilgan, deya xabar bermoqda Turon24 nashri. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu holatiga nisbatan 379 taga ko‘paygan.

Bu davrda 412 ta korxona va tashkilot faoliyati tugatilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 44,5 foizga kamaygan. Natijada joriy yilning boshiga nisbatan faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 1,5 mingtaga ko‘payib, ularning umumiy soni 13,4 mingni tashkil etgan.

Faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarning asosiy ulushi Jizzax shahrida 4,1 foiz, Sharof Rashidov tumanida 2,3 foiz, Zomin va G‘allaorol tumanlarida 1,1 foizni tashkil etmoqda. Jizzax shahrida 410 ta, Sharof Rashidov tumanida 292 ta, Forishda 156 ta, Baxmal tumanida 154 ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etilib, bu borada yetakchilik qilmoqda.

Yangiobod, Arnasoy va Mirzacho‘l tumanlarida nisbatan kam korxonalar tashkil etilgan

Manba: azon.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!