Jeff Bezos Amazon kompaniyasi direktorligidan ketdi

Jeff Bezos Amazon kompaniyasi direktorligidan ketdi

Dunyoning eng boy odamlaridan biri Jeff Bezos Amazon kompaniyasi bosh direktori lavozimidan ketishini ma’lum qildi. U bu haqda kompaniyaning xodimlariga yo‘llagan xatida xabar bergan.

Kompaniya rahbari sifatida uning o‘rnini Amazon veb-servislari bosh direktori Endi Yassi egallaydi. Iste’foga chiqqandan so‘ng, Bezosning o‘zi kompaniyaning direktorlar kengashini boshqaradi.

«Ijrochi rais sifatida men o‘z kuchimni, e’tiborimni yangi mahsulotlar va dastlabki tashabbuslarga yo‘naltirish niyatidaman. Endi kompaniyada yaxshi tanilgan va deyarli men kabi Amazon’da ishlagan. U ajoyib rahbar bo‘ladi va men unga to‘liq ishonaman «, — dedi Bezos.

2013 yilda Bezos AQShning eng yirik gazetalaridan biri The Washington Post’ni sotib olgan. Bezosning o‘z investisiya va xayriya jamg‘armasi bor. U Google, Twitter i AirBnb’ning investorlaridan biri hisoblanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!