JCH-2018. Fransiya Peruni mag‘lub etdi va pley-offga yo‘l oldi

JCH-2018. Fransiya Peruni mag‘lub etdi va pley-offga yo‘l oldi

JCH-2018 doirasida S guruhi vakillari Fransiya va Peru terma jamoalari o‘rtasida uchrashuv nihoyasiga yetdi.

Uchrashuvda fransuzlar Kilian Mbappening yagona goli evaziga mag‘lub etdi. 34-daqiqada Pogba jarima maydonchasiga yaqin kelib, Jiruga ajoyib pas uzatdi, u zarba berdi, darvozabon bu zarbaga g‘ov bo‘ldi, qaytgan to‘p Mbappega qulay tushdi va uni darvozaga yo‘lladi.

Ikkinchi bo‘limda Peru fransuzlarni himoyalanishga majbur qildi. Tajovuzkor hujumlar, vaziyatlar yaratildi, ammo darvozani ishg‘ol qila olmadilar.

Ushba o‘yindan so‘ng, Fransiya keyingi bosqich masalasini hal qilgan bo‘lsa, Peru Avstraliya bilan o‘yindan so‘ng uyga qaytadigan bo‘ldi.

JCH-2018

S guruhi, 2-tur

Fransiya – Peru 1:0 (1:0)
Gol: 1:0 – 34 Mbappe.

Fransiya – Lyoris, Varan, Lyuka Ernandes, Pavar, Umtiti, Pogba (Nzonzi, 89), Kante, Matyuidi, Grizmann (Fekir, 80), Jiru, Mbappe (Dembele, 75).

Peru – Galyese, Ramos, Trauko, Advinkula, Rodriges (Santamariya, 46), Kueva (Ruidias, 82), Yotun (Farfan, 46), Flores, Akino, Karrilyo, Gerrero.

Ogohlantirishlar: Matyuidi (16), Gerrero (23), Akino (81), Pogba (86).

Manba: stadion.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!