Jarqo‘rg‘on tumanida 25 million 700 ming so‘m aliment pullari undirib berildi

Jarqo‘rg‘on tumanida 25 million 700 ming so‘m aliment pullari undirib berildi

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Qumqo‘rg‘on tumanlararo sudining 05.06.2007 yildagi qarzdor J.Mamatmuradovdan undiruvchi M.Xolliyevaning foydasiga bir nafar farzandi moddiy ta’minoti uchun ish haqi va boshqa daromadlarining 1/4 qism miqdorida aliment undirish belgilangan.

Aliment davriy undiruv bo‘lganligi uchun ham Mamatmurodvga nisbatan O‘zbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklash to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan edi.

Majburiy ijro byurosi Jarqo‘rg‘on tuman bo‘limi davlat ijrochilari tomonidan tushuntirish targ‘ibot ishlari olib borilishi natijasida aliment to‘lovchi ota J.Mamatmuradov aliment pullarini bira to‘la to‘lashni lozim deb topdi va J.Mamatmuradovdan farzandining 18 yoshga to‘lgunga qadar bo‘lgan aliment pullari 25.700.000 so‘m undirildi va
23 aprel kuni undiruvchining tilxatiga asosan topshirilgan.

Shuningdek, ijro hujjati tamomlanib, J.Mamatmuradovning O‘zbekiston Respublikasidan chetga chiqish huquqlari tiklandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!