Janubiy Koreyadagi o‘zbekistonliklar sardobaliklarga xayriya jo‘natdi

Janubiy Koreyadagi o‘zbekistonliklar sardobaliklarga xayriya jo‘natdi

Janubiy Koreyadagi o‘zbekistonliklar Sardoba suv omborida yuz bergan ofatdan zarar ko‘rgan oilalarga yordam ko‘rsatish uchun 26 ming dollar xayriya qilishdi. Bu haqda O‘zbekiston yoshlari umumjahon assosiasiyasining Janubiy Koreyadagi vakili Shahzod Turg‘unboyev ma’lum qildi.

Bundan avval, 4 may kuni Koreya Respublikasida istiqomat qilayotgan vatandoshlarimiz tomonidan qilingan 18 000 AQSh dollaridan ortiq miqdordagi xayriya “O‘zbekiston mehr-shafqat va salomatlik” jamoat fondiga o‘tkazilgan edi.

Endilikda Koreya Respublikasida vaqtincha mehnat faoliyati olib borayotgan yurtdoshlarimiz ushbu xayriya ishini davom ettirib, Sirdaryo viloyatidagi Sardoba suv omborida yuz bergan ofatdan zarar ko‘rgan oilalarga yordam ko‘rsatish maqsadida 26 ming dollardan ziyod mablag‘ to‘plashdi hamda xayriya tushumlari “Mehr-shafqat va salomatlik” jamg‘armasiga o‘tkazib berildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!