Janubiy Koreyada o‘tgan bir sutkada 25 kishida virus aniqlandi

Janubiy Koreyada o‘tgan bir sutkada 25 kishida virus aniqlandi

Janubiy Koreyada o‘tgan bir sutka ichida yana 25 kishida COVID-19 aniqlandi. Butun mamlakat bo‘ylab koronavirusga chalinganlarning jami soni 11 190 kishiga yetgan. Bemorlarning 10 194 nafari sog‘aygan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, yangi qayd etilgan bemorlarning 17 nafari mamlakat ichida kasallikni yuqtirib olgan, qolgan 8 nafari esa chetdan kirib kelganlar.

O‘tgan bir sutka ichida Janubiy Koreyada 19 nafar bemorga shifoxonalardan javob berilgan. Hozirga qadar mamlakatda 264 kishi koronavirus qurboniga aylangan.

Yangi kasallanish holatlari ko‘payishiga koronavirus borligi gumon qilingan va keyinchalik tasdiqlangan 29 yoshli yigitning 2 mayga o‘tar kechasi Kyongido provinsiyasidagi Yon’in shahridan Seulning odam gavjum bo‘lgan Itxevon hududiga borgani va u yerda bir nechta klub va barlarga kirgani sabab bo‘lgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!