Janubiy Koreyada savdo muvozanatida taqchillik kuzatilishda davom etmoqda

Janubiy Koreyada savdo muvozanatida taqchillik kuzatilishda davom etmoqda

Energomahsulotlarning narxi oshib ketgani bois Janubiy Koreya importi iyul oyida eksport hajmidan oshib ketdi.

Savdo muvozanatidagi ushbu taqchillik aprel oyidan buyon davom etmoqda. Mamlakatning savdo, sanoat va energetika vazirligi dushanba kuni ushbu hisobotni e’lon qildi, deb yozmoqda TASS.

Import hajmi eksport hajmiga qaraganda 4,7 milliard dollarga ko‘p bo‘lgan. Iyul oyida eksportning yillik ko‘rsatkichi bo‘yicha hisoblaganda 9,4 foizga oshganiga qaramay, shunday holat kuzatilmoqda. Iyul oyida eksport ko‘rsatkichi 60,7 milliard dollarni tashkil etgan. Bu iyul oyi uchun 1956 yildan, ya’ni hukumat statistika olib borishni yo‘lga qo‘ygandan buyon eng yuqori ko‘rsatkichdir. Eng yaxshi o‘sish chip ishlab chiqarish, avtomobilsozlik, kemasozlik, pulat quyish va neft mahsulotlari sohasida kuzatilgan.

Biroq, mamlakatning import ko‘rsatkichi ham keskin oshgan va 21,8 foizni, ya’ni 65,4 milliard dollarni tashkil etgan. Bu raqam ham iyul oyi uchun rekord hisoblanadi.

Janubiy Koreya savdo muvozanatidagi eng so‘nggi salbiy ko‘rinish 2008 yildagi moliyaviy inqiroz davrida qayd etilgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!