Janubiy Koreyada noqonuniy yurgan o‘zbekistonliklar uchun “yashil yo‘lak” orqali mamlakatdan chiqib ketish muddati 2025 yilning 31 yanvarigacha uzaytirildi. Bu haqda Migrasiya agentligi xabar berdi.
Agentlikning Seuldagi vakolatxonasi va Koreya Adliya vazirligi o‘rtasida o‘tkazilgan muzokaralar natijasida imzolangan hujjatga ko‘ra, 30 noyabr kuni tugashi lozim bo‘lgan “yashil yo‘lak” loyihasi 2025 yilning 31 yanvargacha uzaytirildi. Ushbu mamlakatda noqonuniy yurgan o‘zbekistonliklar shu sanaga qadar “yashil yo‘lak”dan foydalanib erkin chiqib ketishi mumkin.
Koreyada noqonuniy ishlab, yashab yurgan shaxslar quyidagi miqdorda jarima to‘laydi:
1 oydan kam bo‘lsa 1,000,000 von (716 dollar);
1 oydan 3 oygacha 1,500,000 (1 074 dollar);
3 oydan 6 oygacha 2,000,000 (1 432 dollar);
6 oydan 1 yilgacha 4,000,000 (2 864 dollar);
1 yildan 2 yilgacha 7,000,000 (5 012 dollar);
2 yildan 3 yilgacha 10,000,000 (7 160 dollar);
3 yildan 5 yilgacha 20,000,000 (14 321 dollar);
5 yildan 7 yilgacha 25,000,000 (17 902 dollar);
7 yildan ko‘p bo‘lsa 30,000,000 (21 482 dollar).
“Ko‘rsatilgan muddat ichida Koreyani ixtiyoriy tark etsangiz yuqoridagi jarimalardan ozod etilasiz, keyinchalik Koreyaga qayta kirishingiz yengillashadi”, deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, ushbu muddat tugaganidan so‘ng fuqaro Koreyada yana qoladigan bo‘lsa, Migrasiya agentligi tomonidan shartnoma bandlariga ko‘ra fuqaro yoki uning kafiliga nisbatan katta miqdorda jarima; (har bir oyi uchun 2000 dollar), Koreya tomonidan qayta kirishga taqiq qo‘llaniladi.
Shu sababli Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migrasiya agentligi Koreya Respublikasida faoliyat yuritayotgan fuqarolardan ushbu davlatning qonunchiligini buzmaslikni, yuqorida ko‘rsatilgan muddat ichida O‘zbekistonga qaytishlarini so‘radi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Англиядаги «Манчестер Сити» сафида тўлиқ мослаша олмаган Абдуқодир Ҳусанов «Барселона»га йўл олиши мумкин. Бу ҳақда Carpetas Blaugranas портали инсайдери Хуан Арриен хабар берди. У Гундўған ва Витор Рокенинг ҳам «Барселона»га ўтишини энг биринчи айтиб чиққан.
Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Сречко Катанец Жаҳон чемпионати-2026'да мухлислар терма жамоадан ҳеч нарса кутмаслиги кераклигини айтди.
Тошкент шаҳридаги мактаблардан бирида ўқитувчилик қилиб келган аёл 2016 йили Ўзбекистоннинг биринчи президенти Ислом Каримов номидан Самарқанд вилоятининг ўша пайтдаги ҳокими Зоир Мирзаевга сохта хат ёзиб, 700 минг доллар ундиришга уринган. Бу ҳақда “Миллий” телеканалидаги “Ўткир тергов” кўрсатувида маълум қилинди.
Эрон Теҳроннинг тўхтатишга рози бўлгани ҳақида хабарлар тарқалган тинчлик келишувининг муддати яқинлашар экан, Исроилга бир нечта босқичли ҳаво ҳужумларини бошлади.
"Теҳроннинг амалиётлари “дўст ва қардош Қатар давлати ва унинг халқи учун таҳдид ёки хавф туғдирмайди”, дейилади Эрон Миллий хавфсизлик кенгаши баёнотида.
АҚШ президенти Дональд Трамп ўзи Эронга қарши уюштирган зарбаларни “том маънода ҳарбий муваффақият” деб атаб мақтаган бир пайтда, демократлар уни ваколатини ошириб юборганликда айблашди.