Janubiy Koreyada koronavirusga chalinganlar soni keskin ortdi

Janubiy Koreyada koronavirusga chalinganlar soni keskin ortdi

So‘nggi bir kun ichida Janubiy Koreyada 1241 ta yangi koronavirus infeksiyasi holatlari aniqlandi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Chon Se Gyun xabar berdi. Uning ta’kidlashicha, bu mamlakat uchun yangi antirekorddir.

Bosh vazir mahalliy mutasaddilarni ijtimoiy masofa qoidalariga jiddiy qarashga chaqirdi. Uning ta’kidlashicha, aholining aksariyati barcha talablarni vijdonan bajaradi, biroq shaxsiy manfaat yo‘lida yurgan bir necha buzg‘unchilar hamma narsani buzadi, bu esa yuqumli kasallik tarqalishiga qarshi kurashishga imkon bermaydi. Xususan, uning so‘zlariga ko‘ra, ba’zi restoran va barlar, taqiqqa zid ravishda, 21 soatdan keyin mijozlarga xizmat ko‘rsatishda davom etishmoqda, eshiklarini qulflab, ko‘chadan ko‘rinadigan chiroqlarni o‘chirishmoqda.

23 dekabrdan boshlab Seul va shahar atroflarida to‘rtdan ortiq odamni, shu jumladan restoranlarda yig‘ish taqiqlandi. Yangi yil bayramlarida mamlakatda chang‘i kurortlari va boshqa sayyohlik markazlari yopiladi.

Janubiy Koreyada pandemiya boshlanganidan beri 53000 dan ortiq odam koronavirus bilan kasallangan, 756 kishi vafot etgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!