Janubiy Karolina senatori Baydenning ruhiy holatini tekshirishga chaqirdi

Janubiy Karolina senatori Baydenning ruhiy holatini tekshirishga chaqirdi

Janubiy Karolina senatori Lindsi Grem Jo Bayden, shuningdek, Donald Tramp va boshqa siyosatchilar uchun jismoniy va kognitiv testlarni o‘tkazishga chaqirdi. Respublikachi qonunchi barcha bo‘lajak prezidentlikka nomzodlar, shuningdek, prezident o‘rnini egallashi mumkin bo‘lganlar uchun bunday testlarni o‘tkazishni tavsiya qildi.

«Bo‘lajak prezidentlikka nomzodlarning barchasi umumiy tibbiy ko‘rik doirasida nevrologik tekshiruvdan o‘tishi kerak», dedi senator.

Prezidentni kognitiv sinovdan o‘tkazish masalasi 81 yoshli Baydenning bahsda muvaffaqiyatsiz chiqishi munosabati bilan paydo bo‘ldi. Siyosatchi uning debatdagi muvaffaqiyatsizligi kengroq ruhiy tushkunlik alomati emas, balki shunchaki «epizod» bo‘lgani haqidagi da’volarni rad etishga urinmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!