"Janob Tra... Putin" — Bayden Jenevada ham "qovun tushirdi"

"Janob Tra... Putin" — Bayden Jenevada ham "qovun tushirdi"

AQSh prezidenti Jo Bayden Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muzokaralar yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumani chog‘ida Putinni AQShning 45-prezidenti Donald Trampning ismi bilan atab yubordi.

Bayden OAV vakillariga nutqining boshida Rossiya rahbarining nutqini diqqat bilan kuzatib borganini aytdi, ammo Putin deyishning o‘rniga Tramp deb yubordi.

"Men Prezident Tra... Putinning translyasiyasining bir qismini tomosha qildim", deya boshladi Amerika prezidenti.

Rossiya va Amerika prezidentlarining uchrashuvi 16 iyun kuni Jenevada bo‘lib o‘tdi. Rahbarlar uch yarim soat suhbatlashdilar.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!