Jangga bir kun qolganda Bektemir Meliqo‘ziyevning raqibi o‘zgardi

Jangga bir kun qolganda Bektemir Meliqo‘ziyevning raqibi o‘zgardi

Professional boksning super o‘rta vazn (-76,2 kg) toifasida ringga chiqayotgan Bektemir Meliqo‘ziyev (4-0, 3 KO) Toshkent vaqti bilan 15 fevral tongida AQShda navbatdagi jangini o‘tkazadi.

Meliqo‘ziyevga ushbu jangda meksikalik tajribali bokschi Marko Antonio Periban (25-5-1, 16 KO) raqiblik qilishi va Bektemir unga qarshi o‘zining WBA Continental Americas kamarini himoya qilishi ko‘zda tutilgandi. Biroq Periban jangga bir kun qolganda o‘zini yomon his qilgan. Va jangni o‘tkaza olmasligini aytgan. Qayd etish joiz, ikkala bokschi ham tarozidan o‘tib bo‘lgandi.

Endi Bektemirga professional boksdagi beshinchi jangida meksikalik 26 yoshli Oskar Kortes (27-5-0, 14 KO) raqiblik qiladi. Jang AQShning Kaliforniya shtati Anaxaym shahrida bo‘lib o‘tadi.

Mazkur to‘qnashuv tonggi soat 06:00 larda boshlanishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, o‘zbekistonlik bokschi o‘zining so‘nggi jangini 2019 yil 13 dekabrida o‘tkazib, unda amerikalik Aleksander Vonni (15-4, 9 KO) mag‘lub etgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!