Jahongir Ortiqxo‘jayev deputatlikka nomzodini qo‘ydi

Jahongir Ortiqxo‘jayev deputatlikka nomzodini qo‘ydi

Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Jahongir Ortiqxo‘jayevning nomzodi xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi deputatligiga qo‘yildi. Bu haqda xalq deputatlari Uchtepa tuman kengashi deputati Nuriddin Zayniddinov xabar bergan.

Ortiqxo‘jayevning nomzodi 2018 yil 1 iyul kuni bo‘lib o‘tadigan saylovlar uchun 23-«Moyqo‘rg‘on» saylov okrugidan, O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasidan ko‘rsatilgan.

Jahongir Ortiqxo‘jayev 1975 yil 2 yanvarda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Millati o‘zbek. 1991—1996 yillarda Toshkent davlat Iqtisodiyot universitetida tahsil olgan. Mutaxassisligi iqtisodchi. 2015 yil «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlangan. Toshkent shahri «Artel Injiniring» mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori lavozimida ishlab kelgan.

Manba: darakchi.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!