Jahondagi eng yaxshi universitet qaysiligini bilasizmi?

Jahondagi eng yaxshi universitet qaysiligini bilasizmi?

Jahondagi eng yaxshi universitetlar reytingi e’lon qilindi. Mazkur reyting “Reuters” agentligi tomonidan tuzilgan bo‘lib, unga faqatgina fan va texnologiyalar taraqqiyotiga eng ko‘p hissa qo‘shayotgan universitetlar kiritilgan.
 
E’tiborlisi, Stenford universiteti qatorasiga to‘rtinchi yildirki, birinchi pog‘onadan tushmayapti.
 
Reytingdagi yetakchi beshlikda faqat Amerika universitetlari o‘rin olgan: Massachusets texnologiyalar instituti ikkinchi, Garvard universiteti uchinchi, Pensilvaniya va Vashington universitetlari to‘rtinchi va beshinchi o‘rinlarni band etdi.
 
Bundan tashqari, dastlabki o‘nlik ichida Belgiya va Buyuk Britaniyaning bittadan ta’lim dargohi kiritilgan bo‘lib, qolgan uchta universitet AQShga tegishli.
 
Osiyo davlatlari orasida Koreya ilm-fan va texnologiya oliy instituti birinchi o‘rinda bo‘lib, umumiy reytingning 11-pog‘onasidan o‘rin olgan. Reytingning dastlabki yuzligiga Osiyo davlatlaridan Koreya Respublikasi, Yaponiya va Xitoy ta’lim dargohlari kiritilgan.
 
Ta’kidlash joizki, reytingga kirgan universitetlar soni bo‘yicha AQSh birinchi o‘rinda turibdi. Mamlakatning 49 ta universiteti ro‘yxatdan o‘rin olgan. Germaniya va Yaponiya ikkinchi o‘rinda bo‘lib, ularning har biridan to‘qqiztadan universitet reytingda e’tirof etilgan.

Manba: qalampir.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!