Iyul oyida oziq-ovqat mahsulotlari narxi pasaydimi?

Iyul oyida oziq-ovqat mahsulotlari narxi pasaydimi?

Joriy yil iyul oyida O‘zbekistonda narx-navoda 0,3 foiz deflyasiya qayd etilgan. Iste’mol tovarlari narxining pasayishi asosan mavsumiy pishiqchilik hisobiga yuz bergan. Xususan, pomidor, kartoshka, uzum, karam, nok va olma narxining pasayishi o‘rtacha narxlarga ijobiy ta’sir o‘tkazgan. Davlat statistika qo‘mitasining ma’lumotlari shundan darak bermoqda.
 
Oziq-ovqat mahsulotlari o‘rtacha 2,3 foizga pasaygan, boshqa tovarlar va xizmatlar mos ravishda 1,7 va 0,5 foizga qimmatlagan. Ma’lumotga ko‘ra, yil boshidan beri inflyasiya 5,9 foizga yetgan.
 
Meva-sabzvotlardan tashqari tarvuz, tuxum, no‘xat, loviya va parranda go‘shti (son qismidan tashqari) narxi arzonlagan. Shu bilan birga, lavlagi, guruch, sitrus mevalari, pivo, qo‘y go‘shti, spirtli ichimliklar, suzma, mosh kabi mahsulotlar qimmatlagan.
 
Go‘sht respublikada eng qimmat mahsulotligicha qolmoqda: bir kilogramm mol go‘shtining respublika bo‘yicha o‘rtacha narxi – 36 533 so‘m (4,7 dollar), bir kilogramm qo‘y go‘shti – 36 906 so‘mga (4,75 dollar) teng. Iste’molchilar bir kilogramm pomidorni o‘rtacha 1 942 so‘mga, kartoshkani 1 347 so‘mga sotib olganlar.

Manba: qalampir.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!