Isroilning G‘azo sektoriga uyushtirgan so‘nggi hujumida 46 nafar falastinlik halok bo‘ldi

Isroilning G‘azo sektoriga uyushtirgan so‘nggi hujumida 46 nafar falastinlik halok bo‘ldi

Isroil harbiylari 16 aprel kuni G‘azo sektorida tashkil etgan hujumlar oqibatida 46 nafar falastinlik fuqaro halok bo‘ldi. Bu haqda Anadolu nashri arab manbalariga asoslanib, xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, so‘nggi 24 soat ichida G‘azodagi shifoxonalarga 110 nafar yarador olib kelingan. Sog‘liqni saqlash vazirligi hududlarda jarohatlanganlar soni oshishi mumkinligini inobatga olib, tayyorgarlik darajasini oshirishni buyurgan.

“Ko‘p odamlar hali ham vayronalar ostida qolib ketmoqda. Qutqaruvchilar ularga yetib bora olmayapti”, — deyiladi rasmiylar bayonotida.

Tasdiqlangan manbalarga ko‘ra, o‘tgan yilning oktyabr oyidan beri Isroilning G‘azo sektoriga uyushtirgan hujumlarida jami 33 843 nafar falastinlik halok bo‘lgan. 76 575 nafar fuqaro jarohat olgan.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, Isroilning G‘azoga qarshi urushi oziq-ovqat, toza suv va dori-darmonlarning keskin tanqisligi sharoitida hudud aholisining 85 foizini ichki ko‘chishga majbur qilgan. Ayni paytda anklav infratuzilmasining 60 foizdan ortig‘i shikastlangan yoki vayron bo‘lgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!