Isroil hujumida yaralangan XAMAS siyosiy byurosi rahbarining nevarasi shifoxonada vafot etdi

Isroil hujumida yaralangan XAMAS siyosiy byurosi rahbarining nevarasi shifoxonada vafot etdi

Falastinning XAMAS harakati Siyosiy byurosi raisi Ismoil Haniyaning nevarasi Isroil armiyasining hujumi natijasida olgan jarohatlari tufayli shifoxonada vafot etdi.

Sog‘liqni saqlash manbalaridan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, shifokorlarning sa’y-harakatlariga qaramay, tibbiy imkoniyatlar cheklanganligi sababli Malak Haniyaning hayotini saqlab qolishning imkoni bo‘lmagan.

Eslatib o‘tamiz, Isroil armiyasi 10 aprel kuni G‘azo shahri g‘arbidagi Al-Shati qochqinlar lagerida Haniyaning qarindoshlari bo‘lgan mashinaga hujum qilgan.

Hozirga qadar Isroilning zarbasi oqibatida Falastinning XAMAS harakati Siyosiy byurosi raisi Ismoil Haniyaning uch o‘g‘li (Hazim, Amir va Muhammad) va to‘rt nevarasi halok bo‘ldi.

Xabar qilinishicha, vafot etganlar Ramazon hayitini nishonlash uchun ketayotgan bo‘lgan. XAMAS siyosiy byurosi rahbari Ismoil Haniya voqeani izohlar ekan, uning farzandlari Quddus va Al-Aqso masjidini ozod qilish uchun jonlarini fido qilganini aytdi.

Isroil matbuotiga ko‘ra, “Haniya o‘g‘illarining o‘ldirilishi Isroil armiyasi va razvedkasi hamkorligida amalga oshirilgan”.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!