Ispaniya parlamenti Sanchesni bosh vazir lavozimiga qayta sayladi

Ispaniya parlamenti bosh vazir lavozimiga Pedro Sanches nomzodini tasdiqladi.
Ovoz berish 16 noyabr kuni bo‘lib o‘tdi.
Deputatlar Kongressining 179 nafar a’zosi Ispaniya Sosialistik ishchilar partiyasi yetakchisi nomzodini qo‘llab-quvvatladi. Qolgan 171 deputat bunga qarshi chiqdi.
Sanches 2018 yilning 2 iyunidan buyon mamlakat hukumatini boshqaradi.
Eslatib o‘tamiz, Ispaniya qiroli Filipp VI 3 oktyabr kuni Pedro Sanches nomzodini bosh vazir lavozimiga taklif qilgan edi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)