Islom Karimov bilan 1996 yilda suratga tushgan taniqli prezident vafot etdi (FOTO)

Islom Karimov bilan 1996 yilda suratga tushgan taniqli prezident vafot etdi (FOTO)

Fransiyaning sobiq prezidenti Jak Shirak 86 yoshida vafot etdi, deya xabar bermoqda Agence France-Presse uning oilasiga asoslanib. Bu haqda "Daryo" yozmoqda.

Jak Shirak O‘zbekiston Birinchi Prezidenti Islom Karimov bilan, 1996 yil, aprel.

«Bugun tongda yaqinlari qurshovida hayotdan ketdi. Tinch orom olsin», — deya Shirakning kuyovi Frederik Sala-Baruning so‘zlarini keltirmoqda agentlik.

Jak Shirak 1995 yildan 2007 yilgacha Fransiya prezidenti bo‘lgan. Undan oldinroq ikki marta — 1974-1976 yillarda va 1986-1988 yillarda mamlakat bosh vaziri bo‘lgan. Bosh vazirligining ikkinchi muddatida Shirak bir vaqtning o‘zida Parij meri lavozimida bo‘lgan. U Fransiya poytaxtini 18 yil davomida boshqargan.

Shirak Fransiya Ikkinchi jahon urushi vaqtida yahudiylar deportasiyasiga aloqador bo‘lganini tan olgan, shuningdek, AQSh Iroqqa bostirib kirishiga qarshilik qilgan. Bundan tashqari, Shirak boshqaruvi davrida Fransiya prezidenti vakolati muddati 7 yildan 5 yilga tushirilgandi.

Jak Shirak 1995 yildan 2007 yilga qadar ikki muddat Fransiya prezidenti bo‘lgan. Bungacha mamlakat bosh vaziri va 18 yil davomida Parij shahri meri sifatida faoliyat olib borgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!