Iroq va Fransiya strategik hamkorlik shartnomasini imzoladi

Iroq va Fransiya strategik hamkorlik shartnomasini imzoladi

Iroq Bosh vaziri Muhammad al-Sudani va Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Yelisey saroyida bo‘lib o‘tgan muzokaralar chog‘ida ikki davlat o‘rtasida strategik sheriklik bo‘yicha shartnoma imzoladi.

Bu haqda al-Sudaniy idorasi xabar berdi.

“Uchrashuvdan so‘ng Iroq va Fransiya o‘rtasida strategik sheriklik to‘g‘risidagi bitimni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi”, — deya xabar beradi “TASS”.

Aniqlik kiritilishicha, kelishuv, xususan, iqtisodiyot, terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish, madaniy almashinuv, atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi hamkorlikni nazarda tutadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!