Internetdagi post butun oilani "Florens" to‘fonidan saqlab qoldi

Internetdagi post butun oilani "Florens" to‘fonidan saqlab qoldi

AQShning Nyu-Bern shahrida istiqomat qiluvchi oila Tvitterga joylagan posti natijasida suv toshqinidan omon qolishga muvaffaq bo‘ldi. Bu xabar “Fox 31” tomonidan ma’lum qilindi.

Mahalliy fuqaro Brianna Perri uyida televizorni tomosha qilgayotgan paytida suv toshayotgani haqida bilib qoladi. Ayol onasi bilan gaplashmoqchi bo‘layotganida oyoqlari ostida suvni his qiladi. Keyin u uydagi barcha elektr tokini o‘chiradi va qutqaruvchilarni chaqiradi, lekin ular kelishmaydi. Suv tufayli Brianna onasi va buvisi bilan tomga chiqib oladi. Shu onda u umidsizlikka tushib qoladi va ijtimoiy tarmoqqa post joylaydi.

Qizning murojaati Internet orqali juda tez tarqalib, bir necha soat ichida besh mingdan ortiq tomosha qilinadi. Buning natijasida jabrdiydalarning uyiga odamlarni tabiiy ofatlardan qutqarish bilan shug‘ullanadigan Cajun Navy ko‘ngillilari kelishadi va evakuasiya qilishga yordam berishadi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!