Inyesta faoliyatini Xitoy yoki Yaponiyada davom ettiradi

Inyesta faoliyatini Xitoy yoki Yaponiyada davom ettiradi

«Barselona» sardori Andres Inyesta Kataloniya klubini tark etganidan keyin faoliyatini qayerda davom ettirishi mumkinligini aytib o‘tdi.

«Hayotimdagi eng muhim qarorlardan birini qabul qilishim kerak. Hozirda oldimda ikkita variant bor – bu Xitoy yoki Yaponiya. Men barcha narsani tarozuga solib ko‘rib, eng yaxshi qarorni qabul qilishim kerak.

Men kelasi haftada yakuniy javobni aytishni rejalashtiryapman. Shundan so‘ng bor e’tiborimni jahon chempionatiga qarataman», – dedi Inyesta Goal nashriga bergan intervyusida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!