Imomning Trampga maktubi: “Hafsalamni pir qildingiz”

Imomning Trampga maktubi: “Hafsalamni pir qildingiz”

Michigan shtatilik imom Muhammad Ali Elahi AQSh prezidenti Donald Trampga ochiq xat yo‘lladi, deya yozadi "Azon.uz" nashri. 

“Janob Prezident! Hozir yil boshi va u urush, zo‘ravonlik, qon to‘kish va terrorizm bilan emas, balki tinchlik, yarashish, kechirish va do‘stlik bilan bog‘liq bo‘lishi kerak, – deya boshlanadi Dirborndagi Islom markazi vakili, imom Muhammad Ali Elahining maktubi. – Men sizga ovoz bermaganman, lekin siz hozir Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidentisiz va mamlakatimiz nomidan gapirayotganingiz uchun men Amerika fuqarosi sifatida hissiyotlarim bilan bo‘lishishim kerak. Siz go‘zal mamlakatimizni qanday boshqarayotganingizdan juda xafaman va hafsalam pir bo‘ldi.

So‘nggi 3 yil ichida ko‘pchiligimiz Tvitterdagi munozarali, chalkash va yolg‘on gaplaringiz, so‘zlaringiz va harakatlaringizdan aziyat chekmoqda. Sizning siyosiy yo‘lingiz nafaqat islomofob kuchlarni, balki Sharlottsvilda va boshqa joylarda antisemitizm shiorlarini qo‘llagan kuchlarni ham ruhlantirdi”.

“Jamol Qoshiqchining dahshatli suiqasdiga kelsak, siz axloqni pulga almashtirdingiz va bechora jurnalist o‘rniga qotil-monarxiyani qo‘llab-quvvatladingiz. Ammo sizning eng dahshatli, telbalarcha va shafqatsiz munosabatingiz Eronga nisbatan bo‘ldi. Siz general Sulaymoniy va uning qo‘shinlari yuzlab Amerika fuqarolari va harbiy xizmatchilariga hujum qildi, yarador qildi va o‘ldirdi deb aytdingiz. Bu haqiqatmi? Bu qanaqasiga mumkin, birinchi marta eshitishimiz-ku bunaqasini. Unday bo‘lsa, dalillaringizni ko‘rsating! 11 sentyabr kuni minglab musulmonlar Manhettenda bayram qilgan degan so‘zlaringizni eslaymiz. Voqelikda esa buni hech kim ko‘rmagan, fotosurat ham, video ham yo‘q”. 

Maktubining oxirida imom amerikaliklarni “butun global qishloq”qa tinchlik va totuvlik so‘rab duo qilishga chaqirgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!