Ilon Mask dunyoning eng boy 5 odami ro‘yxatidan pastladi

Ilon Mask dunyoning eng boy 5 odami ro‘yxatidan pastladi

Ilon Mask kuniga 16,3 milliard dollar yo‘qotdi va dunyoning eng boy 5 odami ro‘yxatidan chiqib ketdi — “Bloomberg”

Maskning boyligi pasayishining asosiy omili Tesla aksiyalari qiymatining keskin pasayishida, deb yozmoqda nashr.

Tesla va Space X kompaniyalarini boshqaradigan amerikalik tadbirkor Ilon Mask o‘tgan kun davomida 16,3 milliard dollar yo‘qotdi, bu dunyodagi eng boy odamlar reytingi tarixidagi eng katta bir kunlik pasayish bo‘ldi. “Bloomberg” ishbilarmonlik agentligi bu haqda chorshanba kuni xabar berdi.

Unga ko‘ra, Maskning boyligi pasayishining asosiy omili Tesla aksiyalari qiymatining keskin pasayishi bo‘lgan. Bir kun oldin, Nyu-York fond birjasidagi savdolar yopilayotganda, ular narxlarining deyarli beshdan bir qismini yo‘qotib, 21 foizga tushgan.

Shunday qilib, agentlikning hisob-kitoblariga ko‘ra, amerikalik milliarderning boyligi 82,3 milliard dollarni tashkil etdi. Natijada Mask dunyodagi eng badavlat odamlar ro‘yxatida oltinchi qatorni, amerikalik tadbirkor Uorren Baffet (82,4 milliard dollar) esa beshinchi o‘rinni egalladi.

“Bloomberg” ma’lumotlariga ko‘ra, eng boy amerikaliklarning yillik reytingida dunyodagi eng yirik Amazon Internet-chakana savdo kompaniyasi rahbari Jeff Bezos hali ham birinchi o‘rinda turadi. Uning boyligi taxminan 186 milliard dollarga baholanmoqda.

Agentlikning ma’lumotlariga ko‘ra, AQShning “Microsoft” korporasiyasi asoschisi Bill Geyts 121 milliard bilan ikkinchi pog‘onada, “Facebook” rahbari Mark Sukerberg uchinchi o‘rinda (103 milliard dollar).

Ma’lumot uchun, Tesla 2003 yilda Mask tomonidan tashkil etilgan. Dastlab kompaniya faqat elektr transport vositalarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan, ammo keyinchalik u quyosh batareyalari va boshqa energiya saqlash tizimlarini yaratishga kirishdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!