Ikkinchi jahon urushini SSSR boshlaganmi? Putin javob berdi

Ikkinchi jahon urushini SSSR boshlaganmi? Putin javob berdi

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Sovet ittifoqini Ikkinchi jahon urushini boshlanganlikda ayblashni bema’nilik deb atadi. U bu haqda Andrey Kondrashovning "Xotira uchun urush" filmida aytib o‘tdi.

“1941 yil 22 iyunda kim kimga hujum qildi?! Germaniyaga hujum qildikmi yoki Germaniya bizga hujum qildimi? Qanday bema’nilik?!” — deya Putindan iqtibos keltiradi RIA Novosti. Rossiya rahbarining ta’kidlashicha, mamlakat urush boshlanishida aybdor emas, 27 million aholi qurbon bo‘lgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, tarixni qayta yozmoqchi bo‘lganlar uchun hech qanday bahona yo‘q.

Ilgari Putin urush yillari voqealari haqidagi tarixiy haqiqatni buzib ko‘rsatishga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini ta’kidlagan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!