IIV Samarqanddagi moliyaviy piramida haqida ma’lumot berdi

IIV Samarqanddagi moliyaviy piramida haqida ma’lumot berdi

O‘zbekiston IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi kiberjinoyatchilik haqida ma’lumot berib, mamlakatda qayd etilgan shunday holatlar haqida ba’zi tafsilotlarni ochiqladi.

Kun nashrining yozishicha, xususan, Samarqand viloyatida bir guruh shaxslar tomonidan OLTINYUL.UZ va E-SUM.UZ veb-saytlari orqali fuqarolarni mulkiy manfaatga qiziqtirib, Moliyaviy piramida loyihasi tuzilgan.

Shu asosda 8 200 nafardan ziyod fuqarodan jami 450 mln. so‘mdan ortiq pul mablag‘lari yig‘ilib, ushbu guruh tomonidan o‘zlashtirilgan.

Holat yuzasidan IIV huzuridagi Tergov departamenti tomonidan N.R. va uning sheriklariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 188(1)-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Bundan tashqari, 2018 yil 23 iyul kuni Toshkent shahrida 5 ta avtotransport vositasi davlat raqamlari o‘g‘irlanib, jabrlanuvchilardan davlat raqamlarini qaytarish evaziga Internet tarmog‘idagi QIWI va WEB money elektron tizimlari orqali pul talab qilgan. Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Toshkent shahar Bektemir tumanida yashovchi 19 yoshli fuqaro sodir etganligi aniqlanib, qo‘lga olingan.

Shuningdek, 2018 yilning 4 oktyabr kuni Internet tarmog‘idagi Telegram messenjeridagi 374 mingdan ortiq a’zolari bo‘lgan kanaldan telefon va kompyuter vositalariga zarar keltiruvchi dasturlar tarqatilgan. Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Farg‘ona viloyatida yashovchi M.V. sodir etganligi aniqlanib, qo‘lga olindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!