IIB inspektori 60 ming dollar pora bilan qo‘lga tushdi

IIB inspektori 60 ming dollar pora bilan qo‘lga tushdi

15.05.2019 yil soat 12:40 larda Tayloq tuman IIB HPB IIO profilaktika katta inspektori A.S. 420-sonli milisiya tayanch punktidagi xizmat xonasida fuqaro N.M.dan tuman hokimining binoga bo‘lgan egalik qilish haqidagi qarorini chiqartirib berish evaziga oldindan kelishilgan 70 ming AQSh dollaridan 60 ming AQSh dollari miqdoridagi pul mablag‘larini olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati Daryo ga ma’lum qildi.

Mazkur holat yuzasidan 15.05.2019 yilda viloyat prokuraturasi tomonidan A.S.ga nisbatan JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!