Hyundai, Kia, Toyota kompaniyalari uchun O‘zbekiston tayyor charm yetkazib beradi

Hyundai, Kia, Toyota kompaniyalari uchun O‘zbekiston tayyor charm yetkazib beradi

“O‘zcharmsanoat” uyushmasi delegasiyasining Janubiy Koreyaga amalga oshirgan tashrifi davomida mazkur mamlakatning avtomobilsozlik korxonalari uchun charm mahsulotlarini yetkazib beruvchi “JM” kompaniyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muloqotda mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan charm mahsulotlar sifati, xomashyo bazasi, korxonalarda qo‘llanilayotgan zamonaviy texnologiyalar, invest muhit to‘g‘risida Koreya kompaniyasiga batafsil ma’lumot berildi.

“JM” kompaniyasi Janubiy Koreyadagi eng yirik charm ishlab chiqaruvchi korxona sanaladi. Bu yerda tayyorlanayotgan charm mahsulotlar asosan Hyundai, Kia, Toyota kompaniyalarining avtomobillariga yetkazib beriladi. Kompaniyaning yillik daromadi 250 million dollarni tashkil etadi. 1 milliard dollar evaziga barpo etilgan ishlab chiqarish korxonasi to‘liq Italiya va Germaniya texnologiyalari bilan jixozlangan.

Muloqotda kompaniya O‘zbekistonda so‘ngi yillarda charmsanoat sohasidagi o‘zgarishlar va yangilanishlardan habardor ekanligi, shu sabab charmning ikkilamchi va tayyor xoldagi ko‘rinishini aynan mamlakatimizdan xarid qilishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi.

Shuningdek, “O‘zcharmsanoat” uyushmasi delegasiyasi ishlab chiqarish jarayonlari, mahsulotlar sifati bilan yaqindan tanishdi. Shu yerning o‘zida “JM” kompaniyasi vakillariga respublikamizning 16 ta hududida tashkil etilgan KSZlari va ularda charmsanoat sohasiga yo‘naltirilgan loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha biznes takliflar taqdim etildi.

Kompaniya Toshkent viloyatida qo‘shma korxona ochish va u yerda ishlab chiqariladigan charmni Janubiy Koreya bozoriga va avtomobilsizlik sohasidagi yirik kompaniyalarga yetkazib berish bo‘yicha o‘z tashabbuslarini bildirdi.

Kompaniya delegasiyasi aprel oyida Toshkentga tashrif buyurib charm ishlab chiqaruvchi mahalliy korxonalar bilan muzokarlar o‘tkazishga va amalga oshiriladigan loyihalarni muhokama qililb olishga tayyor ekanligini ma’lum qildi.

Shunday qilib, O‘zbekistonda tayyorlanayotgan charm mahsulotlar kelgusida Janubiy Koreyaning yirik avtomobil zavodlarida ishlab chiqarilayotgan avtoulovlarda qo‘llanila boshlanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!