Huquqbuzarlik aniqlandi

Huquqbuzarlik aniqlandi

Majburiy ijro byurosi Paxtachi tuman bo‘limi tomonidan iste’molchilarning energiya resurslari va suv ta’minotidan foydalanish qoidalariga rioya etilishi ahvoli muntazam o‘rganib borilmoqda. Afsuski, iste’molchilar orasida qoidabuzarlar hali-hanuz uchrab turibdi.


Navbatdagi tekshirishlarda “Ukrach” mahallasida yashovchi fuqaro S.A. o‘ziga tegishli bo‘lgan dala shiyponida elektr energiyasidan foydalanish qoidalariga zid ravishda, umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga quvvati 18 kVt/soatlik elektr qurilmasi orqali noqonuniy ravishda, o‘zboshimchalik bilan foydalanib kelgan.

Tekshiruvga qadar 122 ming 391 kVt.soat elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelishi oqibatida elektr ta’minoti korxonasi manfaatlariga 27 mln. 998 ming so‘m miqdorida zarar yetkazgan.
Mazkur holat yuzasidan Majburiy ijro byurosining Paxtachi tuman bo‘limi tomonidan fuqaro S.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 1852-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Manba: uza. uz

Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!