"Huawei" ixcham flagman noutbukning yangi modelini dekabrdan sotuvga chiqaradi

"Huawei" ixcham flagman noutbukning yangi modelini dekabrdan sotuvga chiqaradi

"Huawei" kompaniyasi Xitoyda "MateBook" noutbukining yangi modeli taqdimotini o‘tkazdi. "Huawei MateBook 13" noutbuki ixchamchiligi va yuqori ko‘rsatkichlari bilan ajralib turadi.

"Huawei MateBook 13" noutbukiga tasvir aniqligi 2160x1440 piksel bo‘lgan 13,3 dyuymli IPS-displeyi, "Intel Whiskey Lake-U" (i5-8265U yoki Core i7-8565U) prosessori, "NVIDIA GeForce MX150" grafik kartasi o‘rnatiladi; operativ xotirasi 8 gigabayt, flesh-xotirasi 256 gigabayt.

"USB Type-C", 3,5 millimetrlik slotlar nazarda tutilgan. Shuningdek, NFC moduliga ega va "Huawei" qurilmalari o‘rtasida kontentni tezkor (soniyasiga 30 megabayt tezlikda) almashish uchun "Huawei Share 3.0" texnologiyasini ham qo‘llab-quvvatlaydi.

Noutbukning qalinligi 14,9 millimetr, og‘irligi 1,28 kilogramm. "Huawei MateBook 13" dekabr oyidan sotuvga chiqarilishi kutilmoqda.

Manba: turon24.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!