Hindistondagi pirotexnika zavodida portlash: 8 kishi halok bo‘ldi

Hindistondagi pirotexnika zavodida portlash: 8 kishi halok bo‘ldi

Hindiston janubidagi Tamilnadu shtatidagi pirotexnika zavodida yuz bergan portlash oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi, yana 16 kishi jarohatlandi. Bu haqda Sinhua agentligi xabar berdi.

Portlash Tamilnadu shtati markazi Chennay shahridan 80 kilometr janubi-g‘arbda joylashgan Kanchipuramning Kuruvimalay tumanidagi fabrikada to‘satdan yong‘in sodir bo‘lgan.

«Bugun Kuruvimalay tumanidagi pirotexnika zavodida portlash sodir bo‘ldi, natijada besh kishi voqea joyida halok bo‘ldi, yana uch kishi olgan jarohatlari tufayli shifoxonada vafot etdi», — dedi Kanchipuram tumani ma’muriyati vakili.

Rasmiylarning ma’lum qilishicha, jarohatlanganlardan 13 nafari Kanchipuram davlat kasalxonasiga yotqizilgan, qolgan uch nafari esa Chennaydagi ikkita kasalxonaga yuborilgan.

Rasmiylarning aytishicha, qurbonlar soni ortishi mumkin, chunki yaradorlardan ba’zilarining ahvoli og‘ir.

Portlashdan so‘ng zavodda yong‘in kelib chiqqan va portlagan petardalarning ovozi eshitila boshlagan.

Polisiya ma’lumotlariga ko‘ra, bino qulab tushgan, zavodda qutqaruv operasiyasi olib borilmoqda. Portlash vaqtida u yerda 25 dan ortiq odam ishlagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!