Hindistonda koronavirus yuqtirganlar soni 4 milliondan oshdi

Hindistonda koronavirus yuqtirganlar soni 4 milliondan oshdi

Hindistonda SARS-CoV-2 koronavirusini yuqtirganlar soni 4 million kishidan oshdi. Mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligining xabar qilishicha, mamlakatda jami holatlar soni 4 023 179 kishiga yetgan.

 Oxirgi ikki kun ichida 80 ming va so‘nggi ikki hafta ichida bir million kishida kasallik aniqlangan.

 Hindiston kasallikka chalinganlar soni bo‘yicha dunyoda uchinchi o‘rinda turibdi. Undan oldingi o‘rinlarda AQSh (6 milliondan ortiq) va Braziliya (4 milliondan ortiq) joylashgan.

 Mamlakatda eng yuqori ko‘rsatkichlar Maxarashtra, Andxra-Pradesh, Karnataka va Tamilnad shtatlarida qayd etilgan.

 Worldometer saytining ma’lumotiga ko‘ra, dunyo bo‘yicha koronavirus yuqtirganlar soni  26,8 millionga yetgan, qariyb 880 ming kishi vafot etgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!