Hindistonda ikki poyezdning to‘qnashuvi oqibatida 15 kishi halok bo‘ldi

Hindistonda ikki poyezdning to‘qnashuvi oqibatida 15 kishi halok bo‘ldi

Hindistonning G‘arbiy Bengal shtatida yo‘lovchi poyezdi yuk poyezdi bilan to‘qnashib ketdi. Oqibatda kamida 15 kishi halok bo‘ldi, deya xabar beradi PTI axborot agentligi rasmiylarga tayanib.

Hodisa bugun, 17 iyun kuni mahalliy vaqt bilan ertalab soat 9:00 atrofida sodir bo‘lgan. Kanchenjunga Express yo‘lovchi poyezdi Rangapani stansiyasi yaqinida yuk poyezdiga borib urilgan. Dastlab beshta o‘lim haqida xabar berilgan bo‘lsa, keyinchalik ularning soni ortgan.

Hodisa oqibatida 60 kishi jabrlangan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yuk poyezdi mashinisti to‘xtash ishorasini o‘tkazib yuborgan va keyin ikkinchi poyezdga borib urilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!