Hindistonda bir yoshli bola itga uylantirildi

Hindistonda bir yoshli bola itga uylantirildi

Hindistonning Orissa shtatida  bir yoshli bola itga uylantirildi, deb yozadi Daily Star.

Qayd etilishicha, bu ish bolaga yopirilishi mumkin bo‘lgan yovuz ruhlarni cho‘chitish uchun qilingan.

23 fevral kuni ijtimoiy tarmoqlarda shtatdagi Bariyan qishlog‘ida bir yoshli bola va itning to‘yi aks etgan videolar tarqaldi.

Videoda yorqin rangli kiyimlar kiyib olgan mehmonlar yosh «kelin-kuyov» atrofida raqsga tushayotgani aks etgan.

An’anaga ko‘ra, agar bolaning birinchi tishi tepa milkidan chiqsa, bunday to‘ylar o‘tkaziladi. Mahalliy aholi bu holat yovuz kuchlar diqqatini tortishiga ishonadi, shuning uchun ular yovuz kuchlarni qo‘rqitish uchun bolalarni itlarga uylantiradi.

Qayd etilishicha, bunday to‘ylar shunchaki urf-odat. Bolalar katta bo‘lganida it bilan ajrashmasdan bemalol an’anaviy nikohdan o‘tishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!