Hindistonda bir sutkada 100 mingdan ortiq odam koronavirusga chalindi

Hindistonda bir sutkada 100 mingdan ortiq odam koronavirusga chalindi

Hindistonda 4 aprel kuni 100 mingdan ortiq odamning COVID-19 ga chalingani xabar qilindi. Bundan avval faqatgina AQShda koronavirusga chalinganlarning kunlik soni 100 mingdan ko‘proq bo‘lgandi. Ayni paytda Hindistondagi kasalxonalar bemorlar bilan to‘lib toshmoqda.

Hindistonda fevral oyining boshlarida yangi kasallanish hollari ancha kamaygan va hukumat ko‘plab cheklovlarni bekor qilgandi. Shundan keyin aholi yuz niqoblaridan foydalanish hamda ijtimoiy masofa saqlash kabi ehtiyot choralariga amal qilmay qo‘ydi. Ba’zi epidimiologlarning aytishicha, mamlakatdagi virusning ikkinchi to‘lqiniga ushbu kasallikning mutasiyaga uchragan va ancha yuqumliroq bo‘lgan turlari ham sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

Hindistonda yakshanba kuni 103 558 kishiga COVID-19 tashxisi qo‘yilgan bo‘lib, umumiy kasallanganlarning soni 12.6 million taga yetdi. Bu bilan Hindiston virus tarqalishi bo‘yicha dunyoda AQSh va Braziliyadan keyingi o‘rinda turibdi. Hindistonda o‘tgan haftada dunyo bo‘yicha eng ko‘p kasal aniqlangan.

Shuningdek, Hindistonda o‘tgan sutka davomida yana 478 kishi koronavirus qurboniga aylangan. Ayni paytda virusdan vafot etganlarning umumiy soni 165 101 kishini tashkil qilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!